Xabaringiz bor, joriy yilning 16-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatida sportning gandbol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Universiada-2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi start olgan edi.
Respublika final bosqichida Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoalari o‘rtasida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi.
Yakunda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli sportchi-talabalaridan iborat Toshkent viloyati gandbol terma jamoasi musobaqaning mutloq g‘olibiga aylanib, o‘zlarini barcha jamaolardan ustun ekanliklarini yana bir isbotladilar!
Qadrli sportchilar, biz sizlar bilan faxrlanamiz!