Joriy yilning 5-yanvar kuni Qatar poytaxti Doxa shahrida Osiyo ogʻir atletika federatsiyasining (OOAF) hisobot-saylov Kongressi boʻlib oʻtdi. Ushbu sportning qitʼamizdagi istiqbolli rejalari muhokama qilingan tadbirda OOAF rahbariyatining yangi tarkibi shakllantirildi. Eʼtiborlisi, unda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Og‘ir atletika nazaryasi va uslubiyati kafedrasi professori Rashid Matkarimov Osiyo ogʻir atletika federatsiyasining murabbiylik faoliyati va ilmiy izlanishlar qo'mitasi a'zoligiga qayta saylandi.
E'tiborlisi shundaki, qo'mita a'zoligiga ovoz berish natijalariga ko'ra rivojlangan mamlakatlar orasida (Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Tayvan) eng yuqori ko'rsatkich bilan prof R.Matkarimov nomzodi ma'qullandi.