Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan joriy yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha bir qator kafedralarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan 2023-yildagi ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi targ‘ibot tadbirlari barcha kafedralar kesimida o‘tkazilmoqda.