#Prezident_murojaatnomasi
#Live
Maʼlumki, ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi MTRK teleradiokanallari, shuningdek, nodavlat telekanallar hamda prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda namoyish etilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy Kengash aʼzolari, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari ham ushbu murojaatnomani jonli ravishda tinglashmoqda va yurtboshimiz tomonidan belgilab berilayotgan ustuvor vazifalar hamda ezgu maqsadlarni bajarishda davlat rahbariga yelkadosh bo‘lib, amalga oshirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishdi.