Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida e’lon qilingan tanlovning – “Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi rasmlar” nominatsiyalari o‘tkazildi.
Tanlov Nizomiga asosan talabalar belgilangan vaqt hamda shartlar asosida o‘z ijodiy ishlarida korrupsiya haqidagi tushunchalarini ifoda etdilar. Shuningdek, tanlovning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida ularni professor-o‘qituvchilar kuzatib borishdi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov doirasida tashkil etilgan “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi bo‘yicha ham ijodiy ishlar ko‘rib chiqilmoqda. Tanlov natijalari, g‘olib va sovrindorlar esa 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”da tantanali ravishda e’lon qilinadi.