Hurmatli, universitet jamoasi hamda oliygohning faol va intiluvchan, har sohada yetakchi talaba-qizlari diqqatiga!
Joriy yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti madaniyat saroyida sportchi talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish, ularni san’at va musiqaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy urf-odat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Onam aytgan allalar” mavzusida musiqiy tanlovning final bosqichi o‘tkaziladi.
Tanlov ikki bosqichda (fakultet va universitet) bo‘lib, final bosqichida fakultetlardan go‘lib deb topilgan ishtirokchi-qizlar o‘zaro bellashadilar.
Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-qizlar universitet talabalarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin – 1500 000 (bir million besh yuz ming so‘m);
2-o‘rin – 1000 000 (bir million so‘m);
3-o‘rin – 500 000 (besh yuz ming so‘m).
Shuningdek, tanlov ishtirokchilariga diplom va esdalik sovg‘alari ham topshiriladi.
Barcha talaba qizlarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda barcha fakultetlarda ushbu tanlovning fakultet bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
©️O‘zDJTSU Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.