Bugun, 25 noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot institutiga Rossiya davlatining Ural jismoniy tarbiya va sport hamda yoshlar siyosati institutining direktori v.v.b., pedagogika fanlari nomzodi Naboychenko Yevgeniy Stanislavovich hamda mazkur Institutning yetakchi olimlaridan Dosmanov Anton Vladimirovich tashrif buyurdi.
Dastlab, faxrli mehmonlar Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi, so‘ngra Institut olimlari va mutaxassislar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishi, shuningdek, bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasining dolzarb muammolari yechimiga yo‘naltirilgan mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Yig‘ilish yakunida, Ural jismoniy tarbiya va sport hamda yoshlar siyosati instituti bilan Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida taʼlim, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatda hamkorlik qilish, ikki institut o‘rtasida sherikchilik tizimini rivojlantirish maqsadida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shu bilan birga faxrli mehmonlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitet rektori, professor M.Boltabayev bilan ham uchrashib, ular o‘rtasida tor doirada suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat yakunida esa tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alari ulashishdi.