Bugun respublikamizning 14 ta oliy taʼlim muassasasi, jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish marafoni boʻlib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Chirchiq shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi vakillari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Marafon davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga ajratilgan 500 dona ko‘chatlarni ekish jarayonlari qizg‘in boshlab yuborildi. Ushbu marafonning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, olib kelingan manzarali koʻchatlar oliygohning Talabalar turar joyi hovlisida o‘ziga xos bog‘ yaratish maqsadida o‘tqazildi va maxsus nomerlar bilan belgilab qo‘yildi. Shuningdek, Rossiyalik xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, deputat, qator xalqaro musobaqalar g‘olibasi Rima Akberdinovna Batalova va Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti А.G‘aniyev, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Q.Jo‘rayevlarning ishtiroki ham mazkur marafonning ahamiyatini yanada oshirdi!
Marafonda barcha faol ishtirok etib, universitet hududini ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishdi!