Oliygohimiz talabalari orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan sportning voleybol turi bo‘yicha universitetning birinchi bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkaziladi!
Shu munosabat bilan barcha fakultetning 1-kurs talabalarini ushbu musobaqaga taklif qilib qolamiz.
Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan talaba-yoshlar joriy yil 23-noyabr kuni soat 16:00 ga qadar Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga (sport manej) kelib talabnomani topshirishlari shart.
Musobaqa g‘oliblari universitet tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
Musobaqa o‘tkaziladigan sana va joyi: 24-25 noyabr, universitet “sport majmuasi” (manej).
Mas'ul: Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi.
Murojat uchun telefon: +99890 528-05-08.