Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Chirchiq shahar Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i A.Sharayev, markaz mutaxassisi D.Irismetov, universitetning Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.Djumaqulov, barcha fakultet dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida mutaxassislar tomonidan respublikamizda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-tamoyillarni tubdan qisqartirish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etilganli, bu tizim orqali esa istalgan vatq va joyda turib foydalanish mumkinligi to‘g‘rida muhim ma’lumotlar berilib, tizimga ulanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.