Hurmatli, jismoniy tarbiya va sport tizimida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar, murabbiylar va mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari diqqatiga!
Joriy yining 29-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari institutida “Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Anjumanning bosh maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashishdan iboratdir.
Mazkur xalqaro anjumanga barchangizni taklif etib qolamiz!
Anjumanda ishtirok etish uchun materiallarni 2022-yilning 15-noyabr kuniga qadar anjuman tashkiliy qo‘mitasining https://t.me/normuradov_uz telegram yoki nodirbeknormuradov88@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.