TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH BO‘LIMI
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda “Bo‘lim” deb yuritiladi) tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalar, fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlar, fan sillabuslari asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilma hisoblanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi qarorlari hamda buyruqlari, universitet Ustavi, universitet Kengashi qarorlari, rektorning buyruqlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
1. O‘quv jarayonini rejalashtiradi, monitoring olib boradi va ta’lim sifatini ta’minlaydi.
2. O‘quv reja va ishchi o‘quv rejalari asosida magistratura, kunduzgi, sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun dars jadvallarini tuzadi va uni barcha kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini nazorat qiladi.
3. Tasdiqlangan dars jadvallarini HEMIS axborot tizimiga kiritadi.
4. Hemis axborot tizimining “Infrastruktura” menyusiga taalluqli bo‘lgan o‘quv binolari va o‘quv auditoriyalari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Hemis axborot tizimining “Fanlar bazasi” menyusiga taalluqli bo‘lgan fanlar guruhlari va fanlar ro‘yxatlarini kiritadi.
6. Hemis axborot tizimining “O‘quv jarayoni” menyusiga taalluqli bo‘lgan baholash tizimlari, baholar turlari, reyting qaydnomalari turlari, o‘quv juftliklari ro‘yxatlarini kiritadi.
7. Hemis axborot tizimida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi hamda talabalar davomatining qayd etilishini nazorat qiladi.
8. O‘quv mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida to‘g‘ri tashkil etilishini nazorat qiladi va hisobotini yuritadi, talabalarning davomati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi.
9. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etadi, ayrim fan bo‘yicha yakuniy attestatsiya sinovi, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi, bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy attestatsiyalarni tashkil etadi.
10. Ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar)dan kelib chiqib mustaqil ta’limni amalga oshirish holatini muntazam o‘rganib boradi, tahlil qiladi, zarur hollarda talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish hamda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf qilish yuzasidan tezkor choralar ko‘radi.
11. Talabalar bilimini nazorat qilish, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining mezonlarini ishlab chiqadi.
12. Fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlash tizimini ishlab chiqadi, rejasini tasdiqlaydi va nashr etishga tavsiya etadi.
13. Universitet kafedralarining kabinet mudirlari, tegishli bo‘limlarning o‘quv-uslubiy faoliyatini boshqarish, ularning ish hujjatlarini yuritishlari va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qiladi.
14. Oliy ta’lim muassasasini attestatsiyadan o‘tkazishga hujjatlarini tayyorlaydi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻlimi boshlig‘i: Yaqubov Fazliddin Muxitdinovich
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba 900 – 1700
Telefon raqam: (97) 155-89-11
E-mail: f.yoqubov@jtsu.uz
Manzil: “A” bino, 215-xona