Bugun Sportni rivojlantirish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida taekvondo (WT) yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, trenerlar, sportchilar, talabalar, tibbiyot xodimlari hamda yo‘riqchi-uslubchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Taekvondo WT karate WKF nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham faol ishtirok etishdi.
Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Andijon va Buxoro davlat tibbiyot institutlari sport tibbiyoti kafedralari, Koreya Respublikasining yetakchi sport tibbiyoti klinikalari hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari sport kardiologiyasi, travmatologiyasi va ortopediyasi, farmakologiyasi, sportchilarning samatik kasalliklarini davolash, immunitetni korreksiyalash (tuzatish), funksional tashxis (diagnostika), sport jarohatidan keyingi reabilitatsiya hamda sportchilarning mashg‘ulotlar va musobaqa yuklamalaridan keyingi reabilitatsiyasi kabi mavzularda taqdimotlar qilishdi.
Seminar-treningda maʼruza qilingan taqdimotlar orqali tinglovchilar bir qancha kerakli va o‘z faoliyatiga zarur bo‘ladigan maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. O‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Maʼlumot uchun mazkur seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29-iyuldagi PQ–337-son qarori bilan tasdiqlangan Taekvondo (WT) sport turini 2022 - 2024 yillarda kengroq rivojlantirish Dasturining 6.1-bandida hamda 6.2-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.