🎓Qadrli universitetimizning sportchi talaba-yoshlari siz oliy taʼlim tizimidagi yangilik va o‘zgarishlarni tezkor ravishda bilib borishni istaysizmi? Shuningdek:
✔️sizda sport bilan birga jurnalistika sohasiga ham qiziqish bo‘lsa?
✔️o‘zingizni foto va videoga olishda mahoratliman deb o‘ylasangiz?
✔️Eng asosiysi, talabalar hayotini qiziqarli tarzda yoritib beruvchi yangi loyihalar ko‘p-u, biroq uni qanday boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz?
👇Unda ushbu loyiha aniq sizlar uchun!
🏢O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli, ijodkor, kreativ fikrlaydigan, tashabbuskor talabalarini Mediastudiyaning doimiy va qadrli aʼzosi bo‘lishga taklif etamiz! Unda siz yoshlar orasida tez-tez ko‘tariladigan va keng muhokama qilinadigan quyidagi 10 ta mavzu bo‘yicha videokontentlar yaratishingiz mumkin:
✍️“Vatanparvarlik, milliy g‘urur va harbiy xizmatga shaylik”;
✍️“Yoshlarning axloqiy tarbiyasini va muomala madaniyati”;
✍️“Tarixiy va milliy o‘zlikni anglash”;
✍️“Ta’lim sifati va ilm olishga motivatsiya berish, ma’rifatparvarlik”;
✍️“Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va targ‘ib qilish”;
✍️“Milliy qadriyatlar va madaniy merosni ulug‘lash;
✍️“Mentalititemizga yot illatlar, g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ga qarshi kurash hamda “fakt cheking”;
✍️“To‘g‘rilik, halollikni targ‘ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurash”;
✍️“Ekologik madaniyat, “yashil makon” va “yashil iqtisodiyot”ni targ‘ib qilish”;
✍️“Sog‘lom turmush tarzi va sport”.
‼️Eng muhimi, har yili mediastudiyada belgilangan mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha videokontentlar yaratgan talabalar 3 bosqichda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi.
➡️Quyida Mediyastudiya NIZOMI bilan to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.
📞Murojaatlar uchun telefon: +99890 951-91-15.