O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 30-sentabr kuni “Sport ilm-fanida tadqiqotlarning zamonaviy tendensiyalari: metodologik yondashuvlar, raqamli texnologiyalar, integratsiya va ilmiy-amaliy natijadorlik” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🤝Anjumanda asosiy urg‘u zamonaviy sport ilmi, innovatsion tadqiqotlar va raqamli texnologiyalarga qaratildi.
🗣️Tadbirda professor-o‘qituvchilar, olimlar, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda sport sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
💡Anjuman doirasida:
🧢Sport ilm-fanida zamonaviy metodologik yondashuvlar va innovatsion tadqiqot usullari;
🧢Sport sohasida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion yechimlar;
🧢Sport ilm-fanida fanlararo integratsiya va xalqaro ilmiy hamkorlik;
🧢Sport ilmiy tadqiqotlarining amaliy natijadorligi va innovatsion ishlanmalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
📊Anjuman ishtirokchilari tomonidan sport ta’limi, sportchilar tayyorgarligi, ilmiy monitoring, zamonaviy tahlil vositalari va innovatsion texnologiyalarga oid ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.
➡️ Ilmiy fikrlar, tajriba va zamonaviy yondashuvlar almashilgan anjuman sport ilm-fani, ta’limi va amaliyotining uzviy integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qildi.
💠Zamonaviy ilm — zamonaviy sport va yuksak natijalar poydevori!