🌎Avval xabar berganizmizdek O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Pokiston Islom Respublikasi Lahor viloyatidagi Aitchison kolleji delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.
📑Ushbu tashrif doirasida bugun universitetda sport turlari bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqalari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘rtoqlik musobaqalarida Pokiston Islom Respublikasi Lahor viloyatidagi Aitchison kolleji sportchi yoshlari bilan Toshkent viloyati sportchi yoshlari o‘zaro bellashmoqdalar.
⚡️Musobaqa doirasida delegatsiya ishtirokida basketbol (5×5) hamda yengil atletika yo‘nalishlari bo‘yicha (100 metr, 200 metr, 800 metr, 4×100 metr estafeta, uzunlikka sakrash va yadro uloqtirish) turlari bo‘yicha bellashdilar.
🗣️Musobaqa sportchilarning mahorati, jamoaviy hamjihatligi va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tmoqda.
🔴Birozdan so‘ng, jamoalar o‘rtasida futbol bahslari start oladi.