Bugun 2026-yil 11-iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning beshinchi kuni o‘tkazildi
⏺Imtihon jarayonlarida har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, imtihon natijalari ERP sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar orqali kiritiladi va bunda har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi.
🟣Bugun abituriyentlar:
➡️Sport faoliyati: muay-tay,
➡️Sport faoliyati: kriket,
➡️Sport faoliyati: turon,
➡️Sport faoliyati: adaptiv jismoniy tarbiya va sport kabi yo’nalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.