Bugun 2026-yil 7-iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni o‘tkazilmoqda.
⏺Imtihon jarayonlarida har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, imtihon natijalari ERP sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar orqali kiritiladi va bunda har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi.
🟣Bugun abituriyentlar:
➡️Sport faoliyati: boks,
➡️Sport faoliyati: voleybol,
➡️Sport faoliyati: qo‘l to‘pi,
➡️Sport faoliyati: qilichbozlik,
➡️Sport faoliyati: og'ir atletika,
➡️Sport faoliyati: eshkak eshish,
➡️Sport faoliyati: futbol,
➡️Sport faoliyati: badiiy gimnastika,
➡️Sport faoliyati: badminton,
➡️Sport faoliyati: yunon-rum kurashi,
➡️Sport faoliyati: suv polosi,
➡️Sport faoliyati: qo‘l jangi,
➡️Sport faoliyati: fijital basketbol,
➡️Sport faoliyati: fijital futbol,
➡️Sport faoliyati: para paurlifting,
➡️Sport faoliyati: para yengil atletika,
➡️Sport faoliyati: para suzish,
➡️Sport faoliyati: para taekvondo,
➡️Sport faoliyati: para dzyudo,
➡️Sport faoliyati: para velosport,
➡️Sport faoliyati: Jismoniy madaniyat
➡️Sport faoliyati: Adaptiv jismoniy tarbiya (2%, para)
➡️Sport faoliyati: Adaptiv jismoniy tarbiya kabi yo’nalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.
📹Imtihon jarayonlarini https://www.jtsu.uz/uz/e/admission-pages/5275-ijodiyimtihonkuzatuv havolasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin!