O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti delegatsiyasi xizmat safari doirasida Polshaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Krakov shahridagi Bronislav Chex nomidagi Jismoniy tarbiya akademiyasi (Akademia Wychowania Fizycznego im. Bronisława Czecha w Krakowie)ga tashrif buyurdi.
😃Mazkur tashrif davomida delegatsiya a’zolari akademiya huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutining direktori, professor, Doctor Hab. Tadeusz Ambroży bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida sport sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, sportchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
➡️Tomonlar o‘rtasida kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan nufuzli jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yosh olimlar uchun ilmiy stajirovkalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
✔️Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida sport ilmi va ta’limi yo‘nalishida xalqaro integratsiyani yanada mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda ilmiy salohiyatni oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.