✔️Innovatsion rivojlanish agentligi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida tuzilgan loyiha shartnomasi asosida, shuningdek Belorus Milliy texnika universiteti Menejment va kadrlarni rivojlantirish bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti BMTU filiali tomonidan yuborilgan taklif xatiga muvofiq universitet vakillaridan iborat ishchi guruh Belarus Respublikasiga xizmat safariga yuborildi.
✨Mazkur xizmat safari “To‘p marraga" o‘yini misolida yangi sport-innovatsion o‘yinlarni yaratishning marketing strategiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, 2026-yil 23-martdan 6-aprelga qadar Minsk shahrida amalga oshirilmoqda.
⏩Ishchi guruh tarkibidan quyidagi professor-o‘qituvchilar o‘rin olgan:
🔺Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri B. Musayev;
Gandbol, regbi va chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Sh. Tulaganov;
kafedra dotsentlari A. Mo‘minov va X. Fozilov
🔘Xizmat safari davomida ishtirokchilar sport sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, yangi sport o‘yinlarini yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha malaka oshirmoqda.
🟢Shu bilan birga, Belarusning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda kelgusida qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
⚡️Mazkur xizmat safari universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda zamonaviy sport innovatsiyalarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.