Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
🩺Chempionat doirasida 10 metr masofaga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bahsda O‘zbekiston terma jamoasi 1732–58x natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
🎉Quvonarlisi shundaki, ushbu g‘alabaga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi talabasi Svechnikov Vladimir Aleksandrovich ham munosib hissa qo‘shib, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
✔️Ma’lumot o‘rnida, mazkur Osiyo chempionatida 20 ta davlatdan 564 nafar sportchi ishtirok etmoqda.