2026-yil 2-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Sun’iy intellekt” kafedrasi vakillari o‘rtasida shartnomasi (memorandum) imzolandi.
✔️Shartnoma quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
➡️Ikki tomonlama ilmiy va o‘quv-metodik hamkorlikni kengaytirish;
➡️Sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
➡️Hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkillashtirish;
➡️Yangi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini shakllantirish.
🧬Kelajakda sun’iy intellekt doirasida bajariladigan loyihalar bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Uchrashuv davomida sun'iy intellekt va robototexnika laboratoriyalari ko'zdan kechirildi. 3D printeri yordamida intellektual robot yaratilish jarayoni kuzatildi. Ushbu laboratoriya qurilmalarini sport sohasida ham qo'llanilishining ustun tomonlari o'rganildi.
✅Mazkur hamkorlik shartnomasi ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning raqamli kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.