Kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WT bo'yicha 13-"Fujayra Open-2026" xalqaro musobaqasining kattalar o'rtasidagi bellashuvlari start oldi.
Ilk kungi bahslarda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
🎉Quvonarlisi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari Iroda Mirtojiyeva hamda Sofiya Xan Taekvondo WT sport turidan "Fujayra Open-2026" xalqaro musobaqasidan qatnashib quyidagi o‘rinlarni egalladilar.
🥈Kumush:
Sofiya Xan (53 kg).
🥉Bronza:
Iroda Mirtojiyeva (+73 kg).