🇺🇿"Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta'lim va tarbiyadir."
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
⚡️ 2026-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov universitetning 1-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🗣Mazkur uchrashuvda rektor tomonidan yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari hamda ushbu jarayonlarda yoshlarning faol ishtiroki va erishayotgan yutuqlari xususida atroflicha so‘z yuritildi.
💬Shuningdek, bugungi kunda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan diniy radikalizm, narkomaniya va jinoyatchilik, internetga qaramlik, turli qimor hamda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy oqibatlari haqida muhim tushuntirishlar berildi.
✅Uchrashuv davomida mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, inson qadri va uning jamiyatdagi o‘rni haqida hikoya qiluvchi ta’sirli videorolik namoyish etildi.
✔️Tadbir talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida davom etib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi, bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi. Shuningdek, bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borish bo‘yicha kelishib olindi.
📑Uchrashuv yakunida universitet rektori R. Matkarimov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” tamoyilining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, ushbu g‘oyani yoshlar ongiga chuqur singdirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.