Bugun, 13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan talabalarga milliy va harakatli o‘yinlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
🟡Universitetimizda yoshlar orasida jismoniy faollikni oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida muntazam ravishda mazkur yo‘nalishda mashg‘ulotlar tashkil etib kelinmoqda.
💠Mashg‘ulot jarayonida talabalarning darsdagi faol ishtiroki, jamoaviy harakatlari, chaqqonlik va epchillik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli o‘yinlar qo‘llanildi. Shuningdek, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari ham bajarildi.
Mashg‘ulot davomida:
⏺milliy sport an’analariga asoslangan o‘yinlar;
⏺jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi harakatli mashqlar;
⏺talabalarning sog‘lom va serg‘ayrat bo‘lishiga xizmat qiluvchi interaktiv usullar qo‘llanildi.
➡️Ushbu mashg‘ulotlar universitetimizda jismoniy tarbiya faniga innovatsion yondashuvlar joriy etilayotganining, shuningdek, yoshlarning har tomonlama sog‘lom rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotganining amaliy tasdig‘idir.