🥉Riyod-2025: Mixael Kleshko bronza medal sohibi
➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Mixail Kleshko Islom birdamlik uyindarida suzish musobaqalari sovrindori bo‘ldi.
✅Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamlik o‘yinlari doirasida suzish bo‘yicha Erkaklar o‘rtasida 4x100 metr erkin usulda milliy terma jamoa tarkibida estafeta bahslarida ishtirok etib bronza medaliga ega bo‘ldi.
🏆Sportchi talabamizni erishgan yutug'i bilan universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.