✔️🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "To‘p marraga" sport turi bo‘yicha rektor kubogi o‘tkazildi.
✅Ushbu rektor kubogi universitetning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi va universitet Sport klubi hamkorligida tashkil etildi.
🔺Musobaqada universitetning regbi, gandbol, jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari bilan bir qatorda Guliston olimpiya va paralimpiya zaxiralar maktabi, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari ishtirok etdi.
➡️Umumiy medallar uchun kurashda 7 nafar jamoa ishtirok etib, qizg‘in kechgan kurashlar yakunida
🥇- o‘rin “O‘zbekiston milliy universiteti" jamoasiga;
🥈-o‘rin “O‘zDJTSU Regbi 3-bosqich jamoasiga;
🥉-o‘rin Guliston shahar olimpiya va paraalimpiya sport maktabi jamoasi tomonidan qo‘lga kiritildi.
Ma'lumot o‘rnida:
To’p marraga sport o’yini boshqa sport o’yinlaridan farqli o‘laroq mashg’ulot joyini jihozlashning oddiyligi, tomoshabobligi, hayajonliligi va o’yin taktikasining xilma-xilligi bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi.
To’p marraga o’yini ikki jamoadan tashkil topadi, har birida 5 kishidan o’ynaydi. o’yinning mohiyati imkon qadar raqib marrasiga ko’p to’p tashlash va o‘z marrasini himoya qilish. O‘yin maydoni 40x20 m o’yin 20 daqiqadan ikki taym (bo’lim) davom etadi, orada 10 daqiqa tanaffus bo’lib o’tadi.
To’p marraga o’yini jismoniy tarbiyada bolalar, o’quvchi yoshlar va katta yoshdagi aholining salomatligini mustahkamlashda ajoyib vosita hisoblanadi.
To’p marraga o’yini nafaqat sport turi balki xalq ta’limi muassasalarida sport o’yinlari (voleybol, basketbol futbol, qo’l to’pi) maktab ta’limi tizimida 5-sinfdan yani 12 yoshdan boshlanadi.To’p marraga o’yini orqali maktab o’quvchilarini to’pni oshirishi va qabul qilishi, to’p bilan harakatlanib maydonni to’liq ko’ra olishi, to’pni qabul qilishi uchun qulay joy topib to’pni so’rashi, chaqqonlik, tezkorlik, va chidamlilik sifatlarini va jamoa bo’lib ishlashni shakllantirish uchun innovatsion metod sifatida ham foydalanish mumkin.