✔️Bugun "Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport" kafedrasida Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan Volgabo‘yi davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti "Adaptiv jismoniy tarbiya" kafedrasi dotsenti, 130 dan ortiq ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi, Tatariston Respublikasining "Algarish" grant tanlovi g‘olibi Larisa Kasmakova tomonidan Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.
🌎Ushbu mahorat darsida talabalar bilan bir qatorda universitet professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va yosh olimlar ishtirok etdi.
🌎Ma’lumot o‘rnida L.Kasmakova shu yilning 13-28-oktabr kunlari "Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport" kafedrasida stajirovka o‘tamoqda.