🏆2025-yil 15–17-oktabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida U-20 yoshlar o‘rtasida Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yuksak tashkiliy darajada o‘tkazildi.
✔️Musobaqaning tantanali yopilish marosimida O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan
Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, p.fd. (DSc)., professor S.Q. Adilov musobaqaning ilmiy-uslubiy va tashkiliy jihatdan samarali o‘tishiga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🗣Mazkur chempionatning samarali o‘tishida Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, viloyat sport boshqarmasi, O‘zbekiston sport kurashlari federatsiyasi qo‘mita a’zolarining hamkorlikdagi faoliyati muhim o‘rin tutdi.
✅Ushbu musobaqa yosh sportchilarning texnik va taktik mahoratini oshirish Yunon-rum kurashining ilmiy-uslubiy rivojiga xizmat qildi.
➡️Musobaqada faol ishtirok etgan barcha sportchilar, murabbiylar va hakamlarga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz!