Janubiy Koreyaning yetakchi sport tibbiy jihozlarini ishlab chiqaruvchi “Bodygen Medical” kompaniyasi universitetda taqdimot o‘tkazdi.
➡️Bugun 17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Koreya Respublikasining tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchi “Bodygen Medical” kompaniyasi mutahassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
✍️ Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i, Muqum Arziqulov,“BODYGEN INC” kompaniyasi rahbari va asoschisi Kim Yong Ji, Kompaniya Bosh shifokori Kim Chang Ju, kompaniya shifokorlari Yeng Cheng Vey, Cho Yun Buli, Sim Xan Yollar ishtirok etdilar.
💊Sportchilar salomatligini nazorat qilish, va diagnostika sohasini rivojlantirish yo‘lida raqamli texnologiyalarga asoslangan uskunalar ishlab chiqaradigan “BODYGEN INC” kompaniyasi jihozlarida sun’iy intellekt texnologiyalari va an’anaviy tibbiyot uyg‘unlashgan bo‘lib, ushbu uskunadan sporchilar qanday va qay holatda foydalanishi bo‘yicha universitet yetakchi olimlari va yosh tadqiqotchilari uchun taqdimotini o‘tkazdilar.
✔️Ushbu taqdimot davomida universitet olimlari kelgusida ushbu sport-tibbiy jihozlardan qanday foydalanish, sportchilarni erta diagnostika qilish va ular sog‘ligini doimiy nazorat qilishdagi ahamiyati to‘g‘risida zarur ma'lumotlarga ega bo‘ldilar