O‘zDJTSUda Tozalik va ozodalik oyligi doirasida hashar tadbiri bo‘lib o‘tdi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida Universitetning Og'ir atletika ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari o‘zlariga biriktirilgan hududda hashar tadbirini tashkil etdilar. Tadbir davomida talabalar universitet atrofidagi yashil hududlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, chiqindilarni yig‘ishtirish ishlarini amalga oshirdilar. Ushbu ezgu tashabbus nafaqat hududni obodonlashtirish, balki talabalar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va tozalikni saqlash mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.