🗓Joriy yilning 8-14-oktyabr kunlari O’zbekiston adaptiv sport turlari assotsatsiyasi, Moskva davlat sport va turizm universiteti hamda Nijniy Novgorod davlat universitetining Klinik tibbiyot instituti bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Moskva va Nijniy Novgorod shaharlarida murabbiylar uchun bo‘lib o‘tgan “Bolalar uchun adaptiv xokkey nazariyasi va uslubiyati” mavzusidagi adabtiv xokkey bo‘yicha o‘quv kursida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Xokkey yo'nalishi o'qituvchisi Ulug'bek Saydumarov ishtirok etdi.
✔️Vakilimiz adabtiv xokkey sport turi bo‘yicha muhim hisoblangan “Sport bilan shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarning funksional holatini baholash, OVZ tasnifi va ularning xususiyatlari, murabbiy va reabilitolog o‘rtasidagi hamkorlik”, “Sledj-xokkey (imkoniyati cheklanganlar uchun chana ustida xokkey) bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish nazariyasi va uslubiyati”, “Ko‘zi ojizlar uchun xokkey bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish nazariyasi va uslubiyati”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Adabtiv xokkeychilar uchun muz ustida mashg‘ulotlar olib borish” kabi mavzulardagi murabbiylar uchun o‘quv kursida faol ishtirok etib, yakunda tashkilotchilar tomonidan malaka oshirganlik to‘g‘risidagi guvohnoma hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
🔺Universitet o‘qituvchisi U.Saydumarovning ushbu o‘quv kursida egallagan bilim va ko‘nikmalari yurtimizda imkoniyati cheklangan bolalarni sportga jalb qilish, sog‘lomlashtirish shu orqali ularni jamiyatning faol a’zosiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.