Korrupsiyasiz jamiyatda adolat va rivojlanish boladi
⚖️✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish hamda “Korrupsiyadan holi” muxitni yaratish yuzasidan ishlab chiqilgan Yo‘l haritasi ijrosini ta’minlash yuzasidan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
📶Tadbirda Chirchiq shahar prokurori o‘rinbosari Adliya maslahatchisi Zayniev Akmal Nuriddinovich o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
🗣Yig‘ilish seminar-trening shaklida olib borilib, unda “Korrupsiya kelajakka taxdid” “Korrupsiyasiz jamiyatda adolat va rivojlanish bo‘ladi” mavzularida, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar va uning zararli oqibatlari to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.