Sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlari davom etmoqda…
🟢 Joriy yilning 12-sentyabr sanasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda ''Bunyodkor” futbol klubi akademiyasining mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣 Uchrashuvda kafedra va markaz o‘rtasida dual ta’lim tizimi asosida o‘quv mashg‘ulotlarini hamkorlikda tashkil etish, shuningdek, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalar asosida futbol sport turini yanada takomillashtirish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
🟡E’tiborlisi, ushbu hamkorlik o‘z oldiga kelgusida futbol sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni maqsad qilgan.