📝 Toshkent shahrida joylashgan "Universal Horses Stable" ot sporti markazida ot sportining chovken bo‘yicha "Osiyo chempionati"ga mezbonlik qildi.
📑 Musobaqada Osiyoning chovken sport turi rivojlangan BAA, Pokiston, Gongkong, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etdi.
➡️Musobaqa finalida O‘zbekiston va Pokiston terma jamoalari maydonga tushdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda chavandozlarimiz 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston terma jamoa sharafini himoya qilgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi talabalari — Firdavs Asralov, Akmal Jumaboyev hamda Samandar Muxammadov Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Endi sportchilarimiz kelasi yili Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.
Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida
🥇 1-o‘rinni O‘zbekiston terma jamoasi,
🥈 2-o‘rinni Pokiston terma jamoasi,
🥉 3-o‘rinni Qozog‘iston terma jamoasi qo‘lga kiritishdi.