🏋🏻♂️ 5–11 sentyabr kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo’lib o’tdi.
✅ Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan kelgan eng kuchli polvonlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Biz uchun quvonarli tamoni esa ushbu musobaqada 3 nafar talabamiz shohsupaga ko‘tarildi ular bilan tanishing:
Ayollar o‘rtasida kechgan qiziqarli bellashuvlarda
-71 kg vazn toifasidagi
🥇Rustamova Mashxura
64 kg vazn toifasidagi
🥇Xudoyqulova Ziyoda
Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda
🥈Erkinboyev Diyorbek kumush medalni qo‘lga kiritdi.
🏆Qayd etish kerak, O’zbekiston kubogi musobaqasi nafaqat yangi chempionlarni kashf etgani, balki yosh iqtidorli sportchilar uchun o‘z mahoratini namoyon etish, shuningdek, Bahraynda bo‘ladigan Yoshlar Osiyo o‘yinlari va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan Islom birdamlik o‘yinlari oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini ham o‘tab bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.