O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Birinchi kurs maktabi” doirasidagi navbatdagi tadbir
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida madaniyat saroyida “Birinchi kurs maktabi” dasturi doirasida taniqli bokschi Isroil Madrimov ishtirokida o‘tkazildi.
Ana shunday uchrashuvlar universitetning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi S.Eshpo‘latov tashabbusi bilan muntazam tashkil etilib, yangi o‘quv yilida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirda Boks, Jangavor sport turlari va Gandbol, regbi va chim ustida hokkey yo‘nalishlariga qabul qilingan 1-kurs talabalari ishtirok etdi.