🏋️♀️Urganch shahri “Yoshlik” sport majmuasi yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi hamda Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Turnirning 8-sentabr kungi ayollar o‘rtasidagi -71 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda universitetimiz og‘ir atletika yo‘nalishi 2-kurs talabasi Rustamova Mashxura dast ko‘tarishda 90 kg va siltab ko‘tarishda 115 kg og‘irlikni bo‘ysundirib ushbu vaznda oltin medalni qo‘lga kiritdi .
Ma'lumot o‘rnida:
🏋🏻 Mazkur yirik sport musobaqasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashqari, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Turkiyadan kelgan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Har bir vazn toifasidagi bahslar yuqori darajadagi raqobat va keskin kurashlarga boy bo‘lib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
🏆 Shu bilan birga, chempionat yosh sportchilar uchun o‘z mahoratini sinash, xalqaro tajriba orttirish hamda kelajakdagi yirik musobaqalarga yo‘l olishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
📌 Musobaqalar 12-sentabr kuniga qadar davom etadi.