🟢Hashar – tozalik, obodlik, mehr-oqibat va bunyodkorlik ramzidir!
✅Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
⏺Poklik va ozodalik bor joy barakali va fayzli bo‘ladi. Manzillarimiz obodligi, mahallamiz, xonadonimizning sarishtaligiga har birimiz doimo daxldormiz.
🗣Shu munosabat bilan bugun erta tongdan boshlangan hashar tadbirlarida universitet jamoasi ko‘tarinki ruhda ishtirok etishdi.
🌳🌷Hashar davomida universitet hovlisi va unga yondosh hududlardagi daraxt va butalarga shakl berilib, oqlandi. Bino va yo‘laklar, sport inshootlari maydonlari supurildi. Ariqlar chiqindilardan tozalandi.
☘️ Aziz yoshlar, siz ham yurtimiz farovonligi, mahalla va guzarlarimiz ozodaligi yo'lida o'z hissangizni qo'shib, ko'ngillilar safidan joy oling!