#sport_gimanstikasi
#sport_oyligi
🏃2025-yil 6-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Sportchi yurt himoyachisi" shiori ostida davom etayotgan “Sport oyligi” doirasida Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan 9-may –Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab sport gimnastikasi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
🏃Musobaqa davomida 40 nafardan ortiq talaba yigit-qizlar sport gimnastikasi anjomlari bilan o‘zaro bellashdilar. Jumladan, yigitlar: turnik, halqa, qo‘shpoya, dastakli ot, erkin mashq, tayanib sakrash hamda qizlar yakkacho‘p, baland past qo‘shpoya, erkin mashq va tayanib sakrash dasturlarida o‘z mahoratini namoyon qildilar. Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra:
✅1-kurs qizlar o'rtasida
🥇Barchinoy Nizomova
🥈Sevara Jaldasova
🥉Raksana Sharipova
✅1-kurs o'g'il bolalar o'rtasida
🥇Shuxratjon Erkinov
🥈Abubakir Abduxamidov
🥉Xofizullo Xayrullayev
2-kurs o'g'il bolalar o'rtasida
🥇Artyom Melnikov
🥈Ixtiyor Baxtiyorov
🥉Mashxurbek Mavlanov
✅3-kurs qizlar o'rtasida
🥇Tatyana Galenko
🥈2-o'rinni O'g'iloy Xamroqulova
🥉Li Samira va Tumaris Danebayeva
✅3-kurs o'g'il bolalar o'rtasida
🥇Andrey Gostyuxin
🥈Bekzod Raxmanov
🥉Muhammadrizo Abdupattoyev qo'lga kiritishdi.
🏅🎁Yakunda g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.