#️⃣9️⃣_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
✔️Bugun, 7-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” nomli o‘ziga xos bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
📍Unda universitet rahbariyati, jismoniy tarbiya va sport sohasida uzoq yillar mobaynida mehnat qilgan va hozir ham faoliyat olib borayotgan faxrli ustozlar, murabbiylar, professor-o‘qituvchilar, Chirchiq shahrida joylashgan bir qator mahallalardagi mehnat faxriylari hamda talabalar qatnashdilar.
🎉Bayram tadbiri universitet rektori Rashid Matkarimov tomonidan ochib berildi. Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismi boshlanib, unda elimiz suygan san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar hamda iqtidorli talabalar tomonidan o‘ziga xos ijodiy chiqishlar qilindi.
🎁🥗Tadbir yakunida oliygoh ravnaqi hamda rivoji yo‘lida tinimsiz mehnat qilib, o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan bir qator ustoz va murabbiylarni taqdirlash marosimi o‘tkazilib, bayram dasturxoni yozildi.