#️⃣tadbir
☄️Joriy yilning 6-may kuni ana shu shior ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida taʼlim muassasalari va mahallalarda diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni taʼminlashga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔼Universitetning Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Og‘ir atletika, ot sporti hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedralari bilan birgalikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Qozoq milliy madaniy markazi Chirchiq shahar bo‘limi va Chirchiq shahar “Sug‘diyon” tojik milliy-madaniy markazi vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
🔈Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda 140 ga yaqin millat va elat vakillari yashayotganligi, millatlararo totuvlik g‘oyasi esa umumbashariy qadriyat bo‘lib xizmat qilishi borasida fikrlar bildirildi. Shuningdek, talabalarni millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, ularga tinchlik eng oliy ne’mat ekanligini anglatish tadbirning bosh maqsadi sifatida qayd etildi.
🎵🎶Yakunda esa markaz vakillari ijrosida kuylangan milliy kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.