#mahorat_darsi
🥊2025-yil 7-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Boks hamda Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari talabalariga kubalik tajribali mutaxassis Xulio Li Echavarria ishtirokida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
✅Kafedra professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashgan ushbu mahorat darsida mutaxassis tomonidan talabalarga hujum va himoya harakatlarini o‘zlashtirish bo‘yicha mashqlar amaliy tarzda ko'rsatilib, yakkakurash sport turlarida texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar berildi.
📍Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu mahorat darsi talabalarning oʻz sport yoʻnalishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini yuksalishiga xizmat qildi.