#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#omaviy_sport
✅Avval xabar berganimizdek, universitet jamoasi tomonidan Qibray tumanidagi mahallalar va ta’lim muassasalarida ommaviy sport bilan shug‘ullanish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning aprel oyi mobaynidagi sport targ‘ibot tadbirlari faollik bilan davom etmoqda.
🥋 Jumladan, 2025-yil 7-aprel kuni universitetning Taekvondo, qilichbozlik hamda xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari navbatdagi ommaviy sport tadbirlarini Qibray tumanidagi 6-, 15- va 16-maktablarda o‘tkazdilar.
📍“Mahallalarda ommaviy sport bilan shug‘ullanish ko‘lamini yanada kengaytirish” mavzusida qizg‘in davom etayotgan mazkur ommaviy sport tadbirlari mahalla yoshlari va o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.