#xotin_qizlar _faoliyatidan
♻️2025-yil 5-aprel kuni ana shu mavzuda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida psixologik trening tashkil etildi.
👩🎓Talabalar-qizlar o‘rtasida mehr-oqibat, insoniylik, bir-biriga hurmat va tushunish muhitini mustahkamlash, ijobiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishni maqsad qilgan ushbu trening mashg‘ulotlari Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Ismoilova tomonidan olib borildi.
📍Xususan, ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashib, mehr-muhabbat, sabr-toqat, bag‘rikenglik va xushmuomalalik kabi fazilatlarning hayotdagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, trening davomida ijtimoiy roliklar namoyishi hamda interaktiv mashqlar va guruhli topshiriqlar ham o‘tkazildi.