#universitet_hayotidan
✅Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti KURASH sport zalida para dzyudo sport turi bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolarini nufuzli xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash maqsadida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bo‘lib o‘tmoqda.
🥋51 nafar para dzyudochilar jalb etilgan ushbu o‘quv-mashg‘ulotlari tajribali murabbiylar tomonidan olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida sportchilarning texnik va taktik mahoratini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilib, ularning o‘sish va pasayish dinamikasi tahlil qilib borilmoqda.
📍Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quv-mashg‘ulotlari 2025-yil 15-aprelga qadar davom etadi.