Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti sport majmuasida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bilan hamkorlikda U-15 yosh toifasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslarining birinchi davra o‘yinlariga start berildi.
🏐O‘g‘il bolalar o‘rtasida tashkil etilgan mamlakat birinchiligi o‘yinlarida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq eng kuchli voleybolchi yoshlari ishtirok etmoqda.
🔹Universitetda bunday yirik tartibdagi musobaqalarning o'tkazilishi o'z navbatida ushbu yo'nalishda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning yirik va kompleks musobaqalarda hakamlik va musobaqalarni tashkil etish, boshqarish bo'yicha ko'nikmalarini shakllantirishga hamda rivojlanishiga hizmat qilishi bilan ahamiyatli bo'lmoqda.
📆U-15 yosh toifasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari 29-mart kuniga qadar davom etadi.