#ilmiy_anjuman
📊2025-yil 24-mart kuni universiteting Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”ga bag‘ishlab "Yakkakurash sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish" mavzusida kafedra talaba-yoshlari o‘rtasida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
📍Anjuman davomida yakkakurash sport turlari bo‘yicha ilmiy izlanishda bo‘lgan talabalar tomonidan karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, Malakali karatechi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligini joriy va bosqichli pedagogik nazorat qilish, tayyorgarlik bosqichida yosh karatechilarning tezkor-kuch sifatlarini va texnik mahoratini rivojlantirishning samarali usullari hamda karatechilarning funksional holatini yaxshilashda to‘g‘ri ovqatlanish ratsionining o‘rni mavzularida taqdimotlar qilindi. Qilingan taqdimotlar yakunida:
🥇Dilnura Toshpo'latova
🥈Shaxzoda Amirova
🥉Fotima Nishonbayevaga nasib etdi va ular anjumanning universitet bosqichiga tavsiya etildi.
📜Anjuman so'ngida barcha faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.