#xalqaro_musobaqa
🏆O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 23-mart kuni dzyudo bo'yicha 2012-2013 va 2014-2015 yillarda tug’ilgan o’g’il bolalar va 2012-2014 yillarda tug’ilgan qizlar o’rtasida Navro’z umumxalq bayramiga bag’ishlangan xalqaro ochiq turnir start oldi.
✅O’zbekiston Dzyudo Federatsiyasi Toshkent viloyat bo’limi, Universitet Sport klubi, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlari hamda qo’shni Qozog’iston va Qirg’iziston Respublikalaridan tashrif buyurgan 400 nafardan oshiq ishtirokchilar o’zaro bahslarga kirishgan mazkur bellashuvlarda 29 kg, -32 kg, -35 kg, -38 kg, -42 kg, -46 kg, -46 kg vazn toifalarida g'oliblar aniqlanadi.