#Diqqat e’lon!!
Hurmatli universitetimiz talaba-yoshlari diqqatiga!
Sizlarni Vengriya Respublikasi tomonidan tashkil etilgan “Stipendium Hungaricum Sport Scholarship (SHS)” stipendiya dasturi ishtirokchisi bo‘lishga taklif etamiz.
Mazkur stipendiya dasturi – Vengriya hukumati tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, xorijlik talabalarga o'z sport karyeralarini muvaffaqiyatli davom ettirishi, shu bilan birga Vengriyaning nufuzli universitetlarida ta'lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, ushbu dastur jahon miqyosida tan olingan sport yutuqlariga ega bo'lgan talabalarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
👉Stipendiya haqida batafsil quyidagi rasmiy veb-sayt orqali tanishib chiqishingiz mumkin: https://tka.hu/international-programmes/16642/stipendium-hungaricum-sports scholarship-programme
👇"Stipendium Hungaricum Sport Scholarship" dasturiga ariza topshirish muddati:
Arizalar 2025-yil 24-martga qadar tegishli xalqaro sport federatsiyasi (World Aquatics - AQUA yoki IJF) hamda 25-aprelga qadar Tempus Public Foundationga taqdim etilishi lozim.
Stipendiya afzalliklari:
- O'quv haqi va hujjatlar topshirish uchun to'lovlardan ozod bo'lish;
- Bepul tibbiy xizmat va qo'shimcha xususiy tibbiy sug'urta;
- Turar joy yoki oylik maosh uchun kompensatsiya;
- Oylik stipendiya: tayyorlov, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari uchun;
- Xalqaro sport federatsiyalaridan qo'shimcha moliyaviy yordam (AQUA va IJF);
- Vengriyada sport musobaqalarida ishtirok etish imkoniyati, yetakchi murabbiylar bilan mashg'ulotlar, sport shifokorlari, fizioterapevtlar va psixologlarning yordami;
- Akademik maslahatchi yordamida ta'lim jarayonini qo'llab-quvvatlash.
- Agar siz sportchi sifatida o‘z karyerangizni yaratish va ta'limni Vengriyada davom ettirishni xohlasangiz “Stipendium Hungaricum Sport Scholarship” dasturida ishtirok eting!